Toshkentdagi zamonaviy ko‘chmas mulk investitsiya loyihasi

2020 yildan buyon

Halol sarmoya.
Real aktivlar.

Islom moliyasi tamoyillari asosida uy-joy va avtomobillarni muddatli to‘lovga sotishga yo‘naltirilgan shaffof investitsiya modeli.

“O‘zbekistonda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi.”

Yo‘nalishlarni ko‘rish

UZARO INVEST / Asosiy faoliyat

Halol moliyaviy yechimlar

Har bir yo‘nalish aniq shartlar, real aktiv va Islom moliyasi tamoyillariga asoslanadi.

01

Muzoraba asosida

Investitsiya

UZARO INVEST faoliyatiga shirkatda hissador bo‘lish sharti asosida sarmoya kiritish. Mablag‘lar uy-joy va avtomobillarni muddatli to‘lovga sotishga yo‘naltiriladi.

Batafsil ma’lumot
02

Muddatli to‘lov

Ko‘chmas mulk

Yangi yoki avval qurilgan hovli va xonadonni Islom moliyasi qoidalari asosida, aniq va shaffof shartlar bilan xarid qilish.

Batafsil ma’lumot
03

Murobaxa asosida

Avtomobil

Avtosalon yoki avtobozordan tanlangan avtomobilni shirkat xarid qiladi va kelishilgan ustama bilan muddatli to‘lovga sotadi.

Batafsil ma’lumot

UZARO INVEST / Jamiyat to‘g‘risida

Sarmoya kiritish qanday ishlaydi?

UZARO Invest loyihasi kommandit shirkat shaklida ishlaydi. Sarmoyador mablag‘ bilan, to‘liq sherik esa boshqaruv va tajriba bilan ishtirok etadi.

Shirkat tuzilmasi

Jismoniy shaxslarhissador
Yuridik shaxslarhissador
Xorijiy investorhissador
Kommandit
shirkati
to‘liq sherik boshqaruvida

Muzoraba va real aktivlarga asoslangan model

Shirkat tomonidan Islom moliyasi tamoyillari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sarmoya kiritish, moliyaviy ijara hamda uy-joyni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Sarmoya ulush kiritish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sarmoyador shirkatga ta’sischi sifatida pul tikadi, loyiha esa to‘liq sherik “OQIL HIMOYA kommandit shirkati” KSh tomonidan boshqariladi.

Kiritilgan mablag‘lar uy-joy va avtomobillarni sotib olishga yo‘naltiriladi. Bu mulklar mijozlarga ijaraga beriladi yoki kelishilgan ustama bilan muddatli to‘lovga sotiladi.

Mulkka nisbatan taqiq qo‘yilishi va mablag‘ning real aktiv bilan ta’minlanishi sarmoya xavfsizligini mustahkamlaydi. Foyda yil yakuni bo‘yicha, sarmoyadorlarning shirkatdagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Sof foydaning 80 foizi sarmoyadorlarga o‘z ulushi doirasida ajratiladi; taxminiy yillik natija 10–17% bo‘lishi mumkin. Zarar yuz bersa, uni sarmoyador o‘z zimmasiga oladi va boshqaruvchi foyda olmaydi.
“Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risidagi” qonun

UZARO INVEST / Jamoa

Rahbariyat va mutaxassislar

Moliya, huquq, shariat, risk va texnologiya sohalaridagi tajribali mutaxassislar.

ABDUKAKHKHOR RAKHIMOV

ABDUKAKHKHOR RAKHIMOV

Huquqiy maslahat

Moliya sohasida 18 yillik yuridik tajribaga ega, advokat. Hujjatlar ekspertizasi va huquqiy maslahatga mas’ul.

ABDULMANNON ABDULLOH

ABDULMANNON ABDULLOH

Shariat nazorati

“Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati a’zosi. Devband shahridagi Dorul-ulum oliygohining fatvo fakultetida ta’lim olgan.

DILSHOD SULTANOV

DILSHOD SULTANOV

Moliyaviy hisobot

Kredit reytingini baholash sohasida 15 yillik tajriba. Moliyaviy va buxgalteriya hisobotiga mas’ul.

MAJIT KAMILOV

MAJIT KAMILOV

Operatsion boshqaruv

Risk-menejment sohasida 25 yillik tajribaga ega iqtisodchi va matematik.

JAKHONGIR DADAJANOV

JAKHONGIR DADAJANOV

Sarmoyadorlar bilan ishlash

Moliya sohasida 20 yillik tajriba. Sarmoyador va mijozlar bilan ishlashga mas’ul.

ODIL GIYASOV

ODIL GIYASOV

Axborot xavfsizligi

Axborot xavfsizligi sohasida 12 yillik tajriba. Avtomatlashtirish va axborot xavfsizligiga mas’ul.

Ma’lumotlaringiz shaxsiy kabinetda

Shartnomalaringiz, to‘lovlaringiz va guruhdagi o‘rningizni bir joyda ko‘ring.

Barcha ma’lumotlar doim qo‘l ostingizda
Shaxsiy kabinet

UZARO INVEST / Faoliyat tarixi

Natijalar fotolarda

2020 yil noyabridan buyon amalga oshirilgan loyihalar va mijozlarga topshirilgan mulklardan lavhalar.

UZARO Invest faoliyatidan lavha — 9UZARO Invest faoliyatidan lavha — 8UZARO Invest faoliyatidan lavha — 7UZARO Invest faoliyatidan lavha — 6UZARO Invest faoliyatidan lavha — 5UZARO Invest faoliyatidan lavha — 3a

Sarmoya haqida batafsil gaplashamiz

Shartlar, jarayon va hujjatlar bo‘yicha savollaringizga javob beramiz.

Biz bilan bog‘lanish

UZARO INVEST / Bog‘lanish

Savollaringiz bormi?

Bizga murojaat qiling, imkon boricha tezroq javob beramiz.

Murojaat qoldiring