UZARO INVEST / Investitsiya
Islom moliyasi tamoyillari asosida sarmoya kiritish
Shirkat tomonidan Islom moliyasi tamoyillariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sarmoya kiritish, moliyaviy ijara (ijara muntahiya bit-tamlik), uy-joyni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil ma’lumot
Faoliyat tartibi
Loyiha kommandit shirkatidagi to‘liq sherik “OQIL HIMOYA kommandit shirkati” KSh tomonidan boshqariladi.
Kommandit shirkatining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risidagi” qonuniga muvofiq yuritiladi, ushbu qonun bilan havola bo‘yicha o‘tib tanishib chiqish mumkin.
Investitsiyalar Islom moliyasi qoidalariga ko‘ra MUZORABA, ya’ni shirkatda hissador bo‘lish sharti asosida amalga oshiriladi.
Shirkatga sarmoya ulushi (hissa) kiritish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda sarmoyador shirkatga ta’sischi sifatida pul tikadi. Sarmoyadorlar tomonidan to‘langan pullar hisobidan uy-joy va avtomobilni muddatli to‘lovga sotish maqsadida foydalaniladi.
Uy-joy va avtomobil sotish hisobidan olingan sof foydaning 80 foizini sarmoyadorlar (o‘z ulushi doirasida) olishi belgilangan. Zarar bo‘lgan taqdirda uni sarmoyador o‘z zimmasiga oladi, bunda boshqaruvchi foyda olishga haqli bo‘lmaydi. Sarmoyaga nisbatan hissadorning foydasi yillik 17% atrofida (tahminan) tashkil qiladi.
Sarmoya aktiv — mulk sotib olishga yo‘naltirilib, mijozlarga ijaraga beriladi yoki ustama bilan sotiladi. Bunda mulkka nisbatan taqiq qo‘yilib sarmoyaning xavfsizligini ta’minlaydi. Hissadorlar kiritgan pullar shirkat tomonidan sotilgan uy-joy va avtomobillar bilan kafolatlanadi.
Sarmoyadorlar tomonidan kiritilgan pullar hisobiga xalqimizga uy-joy va avtomobilni halol yo‘l bilan muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ma’lumotlaringiz shaxsiy kabinetda
Shartnomalaringiz, to‘lovlaringiz va guruhdagi o‘rningizni bir joyda ko‘ring.
Barcha ma’lumotlar doim qo‘l ostingizdaSavol-javob
Ko‘p so‘raladigan savollar
UZARO INVEST bilan shartnoma tuzish tartibi qanday?
UZARO INVEST bilan onlayn yoki ofisga tashrif buyurib shartnoma imzolash va bank ofislari yoki mobil to‘lov ilovalari orqali to‘lov qilish mumkin.
Kiritilgan sarmoya hisobiga nimadan daromad olinadi?
UZARO INVEST ga kiritilgan sarmoyalar shirkat tomonidan asosiy maqsadga, ya’ni uy-joy va avtomobil sotish faoliyatiga yo‘naltiriladi va shu mablag‘lar hisobiga olingan foydaning 80% investorlarga to‘lab beriladi.
Foyda qanday va qachon taqsimlanadi?
Yil natijalariga ko‘ra olingan foyda moliya yili oxirida sarmoyadorlar ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qanday shartnoma imzolanadi?
Sarmoya kiritish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha shirkat ustaviga hissa kiritish shartnomasi orqali amalga oshiriladi.
Qancha daromad olish mumkin?
UZARO INVEST uy-joy va avtomobilni ustama bilan muddatli to‘lovga sotishi hisobiga olingan sof foydaning 80% miqdorini sarmoyadorlarga to‘lab beradi. Bu sarmoyadorga moliyaviy hisobda yillik 10–17 foiz miqdorigacha daromad keltirishi mumkin. Bu yerda biznesning oltin qoidasi amal qiladi, ya’ni kiritilgan investitsiya riski kamligi bois olinadigan daromad ham shunga mutanosib hisoblanadi.
Sarmoyalar nima bilan kafolatlangan?
UZARO INVEST faoliyatiga kiritilgan sarmoya avvalambor O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan kafolatlangan, qolaversa sarmoya kiritgan shaxs shirkat ustavida ta’sischi sifatida ro‘yxatga olinganligi bois shirkat tomonidan sotilgan uy-joy va avtomobillar sarmoyadorlarning puli qaytarilishi kafolati hisoblanadi.
Sarmoya haqida batafsil gaplashamiz
Shartlar, jarayon va hujjatlar bo‘yicha savollaringizga javob beramiz.
UZARO INVEST / Bog‘lanish
Savollaringiz bormi?
Bizga murojaat qiling, imkon boricha tezroq javob beramiz.

