UZARO INVEST / Ko‘chmas mulk

UZARO INVEST orqali mulk sotib olish

O‘zbekiston bo‘ylab 800 million so‘mgacha bo‘lgan yangi yoki avval qurilgan hovli, xonadon yoki boshqa ko‘chmas mulkni MUROBAHA TAQSIT SAVDO asosida muddatli to‘lovga xarid qilish.

800 mln
so‘mgacha mulk qiymati
50–100
guruhdagi sarmoyadorlar
10%
eng kam dastlabki to‘lov
5%
kafolat to‘lovi

Batafsil ma’lumot

Faoliyat tartibi

Xarid qilish rejalashtirilgan mulk qiymati bo‘yicha shirkat bilan hissa kiritish shartnomasi imzolanadi. Mablag‘lar shirkat hisobraqamida guruhlarga jamlanib yig‘iladi.

Har oyda xarid qilish rejalashtirilgan mulk qiymatining ko‘proq qismini to‘lagan hissadorga navbat belgilanadi. Navbat berilgan hissador xarid qilmoqchi bo‘lgan mulkni shirkatga ko‘rsatadi.

Shirkat mijoz ko‘rsatgan mulkni xarid qiladi va belgilangan ustama bilan mijozga MUROBAHA TAQSIT SAVDO asosida sotadi. Ustama har bir guruhda shirkat tomonidan turlicha belgilanishi mumkin.

01/

Shirkat bilan shartnoma tuzib, xarid qilinishi rejalashtirilgan mulk qiymatining ma’lum miqdori shirkat bank hisobraqamiga to‘lab boriladi.

02/

Bir guruhda 50 tadan 100 tagacha hissador bo‘lishi mumkin. O‘zaro to‘plangan pul hisobiga guruh a’zolariga har oy navbat bilan mulk olib beriladi.

03/

Navbat har oy mulk qiymatining ko‘proq qismini to‘lagan investorga beriladi. Kamroq hissa kiritib yig‘ib borgan ishtirokchi keyinroq mulkdor bo‘ladi.

Ma’lumotlaringiz shaxsiy kabinetda

Shartnomalaringiz, to‘lovlaringiz va guruhdagi o‘rningizni bir joyda ko‘ring.

Barcha ma’lumotlar doim qo‘l ostingizda
Shaxsiy kabinet

To‘lovlar

Loyiha bo‘yicha to‘lov turlari

Mulk olinguncha to‘lovlar

  • Dastlabki to‘lov: xarid qilinishi rejalashtirilgan mulk qiymatining boshlang‘ich to‘lovi — eng kam miqdori 10%.
  • Xarid qilinishi rejalashtirilgan mulk qolgan qiymatining oyma-oy teng miqdordagi to‘lovlari.

Mulk olish jarayonida to‘lovlar

  • Mulk qiymatidan 5% kafolat to‘lovi. U mulkni rasmiylashtirish xarajatlarini kafolatlaydi va oldi-sotdi shartnomasidan keyin birinchi to‘lov sifatida qabul qilinadi.
  • Shirkat mulkni xarid qilgandan so‘ng notarius va tegishli rasmiylashtirish to‘lovlari.
  • Mulk turi va qiymatidan kelib chiqib belgilanadigan sug‘urta to‘lovi.

Mulk olgandan so‘ng to‘lovlar

  • Boshlang‘ich, oyma-oy va 5% kafolat to‘lovidan qolgan qiymatga yillik 15% ustama qo‘shilib, to‘lov muddatiga teng miqdorda taqsimlanadi.

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

UZARO INVEST orqali avtomobil yoki uy-joy sotib olinsa kimning nomiga rasmiylashtiriladi?

UZARO INVEST navbat berilgan hissador tomonidan ko‘rsatilgan mulkni avval shirkatga rasmiylashtiradi va 3 ish kuniga qadar mijoz nomiga o‘tkazib beradi.

UZARO INVEST tomonidan mijozga mulk sotilganda ustama qanday hisoblanadi?

Shirkat mulkni sotib olib mijozga sotish vaqtida mijoz tomonidan to‘langan qiymatdan qolgan qismiga ustama hisoblanadi. Bunda ustama va muddat bir martalik kelishuv asosida belgilanadi.

UZARO INVEST orqali mulk sotib olish xarajatlari kim tomonidan to‘lanadi?

UZARO INVEST mulkni sotib olishdagi xarajat mulk qiymatiga qo‘shiladi. Mijozga sotish vaqtidagi xarajat mijoz tomonidan to‘lanadi.

UZARO INVEST ga qo‘shimcha qanday hujjatlar talab etiladi?

UZARO INVEST orqali mulk sotib olishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Biroq mulk sotish vaqtida mijozning muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘lmasligiga e’tibor qaratiladi.

UZARO INVEST orqali mulk sotib olishda garov taqdim etiladimi?

UZARO INVEST tomonidan mulk sotish vaqtida ushbu mulkka nisbatan notarial idora tomonidan sotish yoki begonalashtirishga taqiq qo‘yiladi. Mijozga sotilgan mulk ta’minoti sifatida ushbu mulkning o‘zi hisoblanadi.

Guruhda navbat qachon keladi?

Bir guruhda 50 tadan 100 tagacha sarmoyador bo‘ladi. Har oyda eng ko‘p miqdorda mulk qiymatini to‘lagan hissadorga navbat belgilanadi. Navbat mijoz to‘lovlariga bog‘liq bo‘ladi.

Sarmoya haqida batafsil gaplashamiz

Shartlar, jarayon va hujjatlar bo‘yicha savollaringizga javob beramiz.

Biz bilan bog‘lanish

UZARO INVEST / Bog‘lanish

Savollaringiz bormi?

Bizga murojaat qiling, imkon boricha tezroq javob beramiz.

Murojaat qoldiring