UZARO INVEST / Avtomobil

UZARO INVEST orqali avtomobil sotib olish

Avtosalondan yangi yoki avtobozordan minilgan, qiymati 150 million so‘mdan yuqori avtomobilni Islom moliyasi qoidalari asosida MUROBAHA TAQSIT SAVDO yoki EGALIK BILAN YAKUNLANUVCHI IJARA, ya’ni muddatli to‘lovga xarid qilish.

150 mln+
so‘m avtomobil qiymati
50–100
guruhdagi sarmoyadorlar
10%
eng kam dastlabki to‘lov
5%
kafolat to‘lovi

Batafsil ma’lumot

Faoliyat tartibi

Xarid qilish rejalashtirilgan avtomobil qiymati bo‘yicha shirkat bilan hissa kiritish shartnomasi tuziladi. Shirkat hisobraqamiga bank orqali ustavga hissa kiritish ko‘rinishida to‘lov qilib, pul mablag‘lari jamg‘arib boriladi.

Shirkat 50 dan 100 tagacha sarmoyadordan iborat guruh shakllantiradi. Shakllangan pul hisobiga shu guruhdagi sarmoyadorlarga navbat bilan mulk olib, ustama bilan sotadi. Navbat har oy xarid qilish rejalashtirilgan mulk qiymatining ko‘proq qismini to‘lagan hissadorga beriladi.

Navbat belgilangan hissador xarid qilishni rejalashtirgan avtomobilni shirkatga ko‘rsatadi. Shirkat mijoz belgilagan avtomobilni xarid qiladi va ustama bilan mijozga sotadi. Shirkat xarid qilgan avtomobilni shirkatda belgilangan yillik ustama bilan mijozga sotadi.

Avtosalondan xarid qilingan yangi avtomobil MUROBAHA TAQSIT SAVDO yoki EGALIK BILAN YAKUNLANUVCHI IJARA asosida sotilishi mumkin. Avtobozordan avval minilgan avtomobil faqat MUROBAHA TAQSIT SAVDO asosida sotiladi.

*Ustama shirkat tomonidan belgilanadi. Har bir guruhda ustama shirkat tomonidan turlicha o‘rnatilishi mumkin.

01/

Mulk olish uchun shirkat bilan shartnoma tuzib, xarid qilish rejalashtirilgan avtomobil qiymatining ma’lum miqdori shirkatning bank hisobraqamiga to‘lab boriladi.

02/

Bir guruhda hissadorlar soni 100 tagacha bo‘lishi mumkin. O‘zaro to‘plangan pul hisobiga shu guruhdagilarga har oy navbat bilan avtomobil olib beriladi.

03/

Navbat har oy xarid qilish rejalashtirilgan avtomobil qiymatining ko‘proq qismini to‘lagan investorlarga beriladi. Kamroq hissa kiritib yig‘ib borgan hissador keyinroq mulkdor bo‘ladi.

Ma’lumotlaringiz shaxsiy kabinetda

Shartnomalaringiz, to‘lovlaringiz va guruhdagi o‘rningizni bir joyda ko‘ring.

Barcha ma’lumotlar doim qo‘l ostingizda
Shaxsiy kabinet

To‘lovlar

Loyiha bo‘yicha to‘lov turlari

Mulk olinguncha to‘lovlar

  • Dastlabki to‘lov: xarid qilinishi rejalashtirilgan mulk qiymatining boshlang‘ich to‘lovi — eng kam miqdori 10%.
  • Xarid qilinishi rejalashtirilgan mulk qolgan qiymatining oyma-oy to‘lovlari teng miqdorlarda taqsimlangan holda to‘lab boriladi.

Mulk olish jarayonida to‘lovlar

  • Xarid qilinishi rejalashtirilgan mulk qiymatidan 5% kafolat to‘lovi. Mulk shirkat tomonidan xarid qilingandan so‘ng mijoz sotib olishdan bosh tortsa, bu to‘lov shirkatning mulkni rasmiylashtirish xarajatlarini kafolatlaydi. Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin birinchi to‘lov sifatida qabul qilinadi.
  • Shirkat mulkni xarid qilgandan so‘ng hissadorga sotishda notarius va YHXBga to‘lovlar hissador tomonidan to‘lanadi.
  • Mulk sug‘urta to‘lovi mulk turi va qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.

Mulk olgandan so‘ng to‘lovlar

  • Mulk qiymatidan boshlang‘ich to‘lov, oyma-oy to‘lovlar va mulk qiymatining 5% kafolat to‘lovidan qolgan qiymatiga yillik 15% ustama qo‘shilib, to‘lov muddatiga teng miqdorda taqsimlanadi va to‘lab boriladi.

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

UZARO INVEST orqali avtomobil yoki uy-joy sotib olinsa kimning nomiga rasmiylashtiriladi?

UZARO INVEST navbat berilgan hissador tomonidan ko‘rsatilgan mulkni avval shirkat nomiga rasmiylashtiradi va 3 ish kuniga qadar mijoz nomiga o‘tkazib beradi.

UZARO INVEST tomonidan mijozga mulk sotilganda ustama qanday hisoblanadi?

Shirkat mulkni sotib olib mijozga sotish vaqtida mijoz tomonidan to‘langan qiymatdan qolgan qismiga ustama hisoblanadi. Bunda ustama va muddat bir martalik kelishuv asosida belgilanadi.

UZARO INVEST orqali mulk sotib olish xarajatlari kim tomonidan to‘lanadi?

UZARO INVEST mulkni sotib olishdagi xarajatni mulk qiymatiga qo‘shadi. Mijozga sotish vaqtidagi xarajat mijoz tomonidan to‘lanadi.

UZARO INVESTga qo‘shimcha qanday hujjatlar talab etiladi?

UZARO INVEST orqali mulk sotib olishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Biroq mulk sotish vaqtida mijozning muddati o‘tgan qarzdorliklari bo‘lmasligiga e’tibor qaratiladi.

UZARO INVEST orqali mulk sotib olishda garov taqdim etiladimi?

UZARO INVEST tomonidan mulk sotish vaqtida ushbu mulkka nisbatan notarial idora tomonidan sotish yoki begonalashtirishga taqiq qo‘yiladi. Mijozga sotilgan mulk ta’minoti sifatida ushbu mulkning o‘zi hisoblanadi.

Guruhda navbat qachon keladi?

Bir guruhda 50 tadan 100 tagacha sarmoyador bo‘ladi. Ular orasida har oy eng ko‘p miqdorda mulk qiymatini to‘lagan hissadorga navbat belgilanadi. Guruhda navbat kelishi mijoz to‘lovlariga bog‘liq bo‘ladi.

Sarmoya haqida batafsil gaplashamiz

Shartlar, jarayon va hujjatlar bo‘yicha savollaringizga javob beramiz.

Biz bilan bog‘lanish

UZARO INVEST / Bog‘lanish

Savollaringiz bormi?

Bizga murojaat qiling, imkon boricha tezroq javob beramiz.

Murojaat qoldiring